Talaba-qizlar uchun innovatsion va startap loyihalar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-qizlarning innovatsion va startap loyihalarini, tadbirkorlik ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “NSPI TechGirls” klubining dastlabki seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar talaba-qizlarning ilmiy-innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy biznes g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IT-Parki startap bo‘yicha bosh menejeri Qundiz Jalg‘asbayeva va “NSPI TechGirls” klubi bosh koordinatori Alfiya Amangeldiyeva innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichlari, moliyalashtirish manbalari va startaplarni muvaffaqiyatli rivojlantirish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar yakunida institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov IT-Parkning startap bo‘yicha bosh menejeri Qundiz Jalg‘asbayevaga minnatdorlik bildirdi.
Tadbir yakunida talaba-qizlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.


