Kechki ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov Tabiiy fanlar fakultetining kechki ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda fakultet dekanati vakillari, xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari, profilaktika inspektorlari, psixologlar, tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga zarur sharoitlarni yaratib berish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, talabalarning fikr-mulohaza va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.




