Barcha fakultetlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi

Bugun, 2-may kuni poytaxtimiz Nukus shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kunini yuqori darajada o‘tkazish, shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida barcha ko‘chalar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Hasharda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining barcha fakultetlari – Ellikqal’a, Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Tarix, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim, Filologiya fakultetlarining jamoasi, shuningdek, faol talaba-yoshlari fakultet binolari atrofida obodonlashtirish ishlarini olib bordi.