Grant asosida olib kelingan maxsus adabiyotlar axborot-resurs markaziga topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Dina Mamirbayeva AQSH elchixonasi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Ushbu grantning asosiy maqsadi – ingliz tilini o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini samarali takomillashtirish va kengaytirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘zi ojiz va ko‘rishda qiyinchilikka ega bo‘lgan talabalar uchun Brayl resurslaridan foydalanish orqali inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish belgilangan.

Grant asosida olib kelingan 26 nomdagi 3 300 AQSH dollari miqdoridagi maxsus adabiyotlar institutning axborot-resurs markaziga topshirildi.