“GreenTechX” innovatsion startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida ekologiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida “GreenTechX” innovatsion startap loyihalar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tanlovga jami 22 ta ariza kelib tushib, unda ishtirokchilar ekologik texnologiyalar, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini tejash, shuningdek, agro va ekologik raqamli yechimlar yo‘nalishlarida o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalarini taqdim etdi.

Ishtirokchilarning loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi IT-parki startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha bosh menejeri Rasul Qosnazarov tomonidan baholandi.

Yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarga zamonaviy yechimlar topish va startap madaniyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov yakunida:

1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti talabasi Suhrob To‘xtaboyev;

2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Arman Seytnazarov;

3-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Gulzar Seytkamalovaga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga institut rektorati tomonidan o‘z startap loyihalarini amalga oshirish uchun mini grantlar ajratilishi belgilangan.

NukusDPI matbuot xizmati.