“Do‘stlik festivali” ishtirokchilari Nukus davlat pedagogika institutiga yetib kelmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirildi.
Shu maqsadda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 12-14-may kunlari oralig‘ida 500 ga yaqin mehmon talaba-yoshlar ishtirokida “Do‘stlik festivali” tashkil etilib, o‘zaro muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
Ayni paytda festival ishtirokchilari institutga yetib kelmoqda. Institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov Namangan davlat pedagogika institutidan kelgan yoshlar bilan uchrashib, institut tarixi, bu yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.
Festivalning ochilish marosimi 12-may kuni soat 15:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
