NukusDPIda “Do‘stlik festivali” ishtirokchilari tantanali kutib olindi

Bugun, 12-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 400 ga yaqin talaba-yoshlar tantanali tarzda kutib olindi.
Shu munosabat bilan institutda “Do‘stlik festivali” tashkil etildi va uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori v. b. Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini yurtimizga, jumladan, respublikamizdagi birinchi oliy ta’lim dargohi hisoblangan pedagogika institutiga tashrifi bilan tabrikladi.
O‘z navbatida, mehmon oliy ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqib, yuqori darajadagi tashkiliy ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Tantanali tadbir institutning “To‘maris” xalq ansambli va iqtidorli talabalari ijrosidagi badiiy bo‘lim bilan davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, institutda 12-14-may kunlari “Do‘stlik festivali” doirasida o‘zaro muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
NukusDPI matbuot xizmati.
