Talaba-yoshlar “Munozara” intellektual o‘yini bo‘yicha tajriba almashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida “Munozara” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi tashkil etildi.
O‘yin davomida talabalar bugungi kunning dolzarb mavzulari atrofida “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o‘zlarining bilimi, zukkoligi va notiqlik mahoratini ko‘rsatishga harakat qilishdi.
O‘yin yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
