“Do‘stlik festivali” ishtirokchilari bilan ertalabki badantarbiya tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida ertalabki badantarbiya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda festival qatnashchilari, institut rektorati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol ishtirok etib, sport mashqlari orqali kunni ko‘tarinki ruhda boshlashdi. Badantarbiya mashqlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zaro muloqot qilib, turli hududlardan kelgan tengdoshlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Quvnoq va samimiy ruhda o‘tgan ertalabki mashg‘ulotlar festival ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
