Ellikqal’a fakultetida talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida talaba-yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institutning Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professori v.b. J.Darmenov, Nukus ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi, Ellikqal’a fakultetida o‘rnatilgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf byusti muallifi M.Davlatmuratov hamda ushbu maktab o‘qituvchisi A.Qudaybergenovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tajribali san’at ustalari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilib, talabalar tasviriy san’at va haykaltaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha foydali bilim va tajribaga ega bo‘ldi.
