Britaniya Kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 20-may kuni O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining hamkorlik bo‘yicha menejeri Amirsaid Sadikov va operatsiyalar bo‘yicha menejeri Irina Teplyakova Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov bilan uchrashib, unda ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro dasturlar, shuningdek, malaka oshirish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida institut bazasida O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga imtihon topshirish markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ushbu va boshqa hamkorlik sohalari bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.