NukusDPIning “Sahro bulbullari” jamoasi “Munozara” respublika turnirining final bosqichida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-23-may kunlari Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichida hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 18 jamoa qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi ham ishtirok etdi.
Institutimiz jamoasi a’zolari belgilangan mavzular bo‘yicha “Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o‘zlarining mantiqiy fikrlash darajasi, bilimi, zukkoligi hamda notiqlik mahoratini ko‘rsatishga harakat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
