Bolalar bir olam quvonchga bo‘landi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v. b. Quvondiq Qodirov va tegishli mutasaddilar Taxiatosh tumanidagi oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning holidan xabar oldi.
Tadbir davomida tumandagi “Taxiatosh” va “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi Bekzod Saparov va Dildora Jabbarbergenova, Allabay Ganiyev va Juzimgul Arzimova, shuningdek, Zulfiya Matjanovalarning oilalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun bayram sovg‘alari topshirildi.
Uchrashuvda bolalarning qiziqishlari, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor v.b. Quvondiq Qodirov bolalarga eng ezgu tilaklarini bildirib, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, mehr va e’tibor har bir bolaning baxtli kelajagini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.
Tadbir bolalarga ko‘tarinki kayfiyat va olam-olam quvonch hadya etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.

