Korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yakuniy davlat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari jarayonlarida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Unda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ibragimov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov, tegishli bo‘lim va fakultetlar mas’ullari, bitiruv jarayonlariga jalb etilgan mutasaddilar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yakuniy attestatsiya jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, baholash mezonlariga qat’iy rioya qilish, inson omilini kamaytirish hamda har qanday manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim tizimida halollik va xolislik muhitini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mas’ullarga yakuniy davlat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalarini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ta’lim jarayonlarida korrupsiyaga mutlaqo murosasiz munosabatni qaror toptirish, bitiruvchilar bilimini xolis baholash va akademik halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.