Sportchi yoshlar “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichiga yo‘l oldi

Bugun, 3-iyun kuni Nukus shahridan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari musobaqaning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
Nukus temir yo‘l vokzalida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul vakillari sportchi yoshlarga yakuniy bosqichda yuqori natijalarga erishishini tiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari mazkur sport musobaqalarining respublika bosqichida voleybol, yengil atletika va stol tennisi turlari bo‘yicha ishtirok etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
