NukusDPI talabalari yengil atletika bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egalladi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ilk bor “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining sportchi talabalari uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Xususan, 400 metrga yugurish musobaqasida institutimiz talabasi Aysha Jumambetova faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlandi.
Marafon bo‘yicha institutimiz faxri Ejemaya Bazarbayeva dastlab 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha 3-o‘rinni, so‘ngra 3000 metrga yugurish bo‘yicha ham 3-o‘rinni egallab, ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqalar 11-iyungacha davom etadi. Institutimiz talabalariga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.


