NukusDPI talabalari xalqaro “VoiceUP” inklyuziv yoshlar oromgohida qatnashmoqda

Joriy yilning 7-12-iyun kunlari oralig‘ida Samarqand shahrida xalqaro “VoiceUP” inklyuziv yoshlar oromgohi qizg‘in davom etmoqda.

Xalqaro oromgohda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan faol yoshlar ishtirok etmoqda.

Ahamiyatlisi, ular orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva, Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev, Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Alfiya Amangeldiyeva tashkil etilayotgan seminarlarda xalqaro ekspertlarning taqdimotlarida qatnashib, dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini oshirmoqda.

Xususan, bolalar kambag‘alligini qisqartirish va “ijtimoiy lift” mexanizmlari, alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv muhit yaratish, voyaga yetmaganlarni xavfli muhitdan imkoniyatlar sari yo‘naltirish, volontyorlik va jamoatchilik ishtirokining ahamiyati kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.