NukusDPI akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirildi

Bugun, 13-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchi o‘quvchilariga diplom topshirishga bag‘ishlangan “Xayr, litsey – salom, oliy ta’lim muassasasi!” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Kechada institutning ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, taniqli ustoz J.Jumamuratov, akademik litsey jamoasi, bitiruvchi o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda akademik litsey direktori Q.Qalxorazov, fidoyi ustozlar va faol o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qishlarida yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.

Ta’kidlash joiz, akademik litseyni joriy o‘quv yilida jami 246 nafar bitiruvchi tamomlayotgan bo‘lib, ular jami 638 ta milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. Bu o‘quvchilarning 20 nafari imtiyozli diplom bilan bitirmoqda. Eng muhimi, ular orasidan 5 nafar o‘quvchi xorijning ilg‘or oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, 14 nafar o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Bayram kechasi san’at ustalari va akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.