NukusDPI talabalari xalqaro ekspertlar va mutasaddilarga o‘z loyihalarini taqdim etdi

Samarqand shahrida “Voice UP” loyihasi doirasida “Chegaralarsiz volontyorlik: tajriba, hamkorlik va yangi tashabbuslar” mavzusida xalqaro muloqot maydoni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari, shuningdek, Rossiya va Turkiya vakillari xalqaro ekspert sifatida ishtirok etdi.
Muloqot davomida ishtirokchilar inklyuziv, ekologik va korporativ volontyorlik yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalar va yangi tashabbuslarni taqdim etdi.
Ahamiyatlisi, ushbu tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “BHH” loyihasini taqdim etdi.
Shuningdek, institutning Filologiya fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Alfiya Amangeldiyeva “Voice UP” loyihasida inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihasini taqdim etdi.
Qayd etilganidek, bunday tadbirlar o‘zaro tajriba almashish, yosh liderlarni tayyorlash va xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.
NukusDPI matbuot xizmati.
