Institut Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 19-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan professor, dotsent ilmiy unvonlari, shuningdek, ilmiy darajalar berilgan o‘qituvchilarga diplom va attestatlar topshirildi.
Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi tanlov ishlari, 2025-2026-o‘quv yili institut faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari, talaba-qizlar o‘rtasida ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari, muvofiqlashtiruvchi kengashga o‘quv adabiyotlarini taqdim etish va nashr etish, ilmiy unvonlarga talabgor professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini OAKga taqdim etish, shuningdek, joriy masalalarni muhokama qilish bilan davom etdi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
