NukusDPI jamoasi mehnat va tadbirkorlik yarmarkasida ishtirok etdi

Bugun, 20-iyun kuni poytaxtimiz Nukus shahri “Do‘stlik” kanali bo‘yida mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Ishsiz fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga ko‘maklashish, ularning uy sharoitida o‘z ishini yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda muassasa, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan mehnat va tadbirkorlik yarmarkasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi, talabalari, shu jumladan, bitiruvchi yoshlari ham faol ishtirok etib, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Yarmarka “Bo‘sh ish o‘rinlari pavilyoni”, “Imtiyozli kreditlar va bank xizmatlari pavilyoni”, shuningdek, “Texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari pavilyoni” asosida o‘z ishini davom ettirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
