“Talaba FEST” – mamlakatimiz yoshlarini birlashtirgan muhim tashabbus

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Talaba FEST” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi D.Nuriddinov, vazirlikning innovatsiyalar ofisi mas’ul xodimi A.Niyazov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i T.Atamuratov, oliy ta’lim muassasalari mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari talaba-yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalaridan iborat “Robototexnika”, shuningdek, milliy taomlardan tuzilgan “Eng mazali taomlar” ko‘rgazmalari bilan tanishdi.
