Adabiyotimiz darg‘alariga hurmat

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh talaba-yoshlari “Dolzarb 90 kun” doirasida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy adabiyotimiz va madaniyatimizga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Tashrif davomida talabalar o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adiblar haykallari hamda yodgorlik majmualari bilan yaqindan tanishdi. Ulug‘ ijodkorlarning hayoti, ijodiy merosi va ma’naviy-ma’rifiy qarashlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Adiblar xiyoboni yoshlarni kitobxonlikka, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgan muhim ma’naviyat maskani hisoblanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
