Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni ko‘zdan kechirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilayotgan hududlarda bo‘lib, imtihonlarning tashkil etilishi va belgilangan tartib asosida olib borilayotgan jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida imtihonlarni ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etish, abituriyentlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda belgilangan mezonlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Imtihon jarayoniga mas’ul xodimlar bilan suhbatlashib, barcha bosqichlarda amaldagi tartib-qoidalarga to‘liq amal qilinishi, baholash mezonlarining adolatli qo‘llanilishi va tashkiliy masalalarning sifatli yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, imtihonlarni kuzatish uchun kelgan ota-onalar bilan ham muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning fikr-mulohazalari tinglanib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ochiq va shaffof tarzda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
