Qoraqalpog‘istonda test sinovlari 14-23-iyul kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi

Qoraqalpog‘istonda 2026-2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari shu yilning 14-23-iyul kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda institut matbuot xizmatiga Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu yil respublikamiz bo‘ylab 31 mingga yaqin abituriyentlar kirish test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda.

Test sinovlari Nukus shahridagi 2 ta joyda, 3 ta binoda bo‘lib o‘tadi:

1) Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosi:

1-bino – 1-20-guruhlar;

2-bino – 21-40-guruhlar.

Manzil: Nukus shahri “Janabazar” MFY, Nukus-To‘rtko‘l avtomagistrali shossesi 53/2 uy.

Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F

2) Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyi:

3-bino – 41-53-guruhlar.

Manzil: Nukus shahri Almazar ko‘chasi 1-uy.

Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHsVBB1e

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga pasport yoki ID-kartasining asl nusxasi va abituriyent ruxsatnomasi bilan yetib kelishi talab etiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.