Hurmatli abituriyentlar!

Ma’lim qilinganidek, respublikamizning barcha hududlarida 2026-2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

Test sinovlari har kuni ikki smenada:

1-smena – 08:00 dan 11:00 ga qadar;

2-smena – 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1-smenada 07:30 ga qadar;

2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida va onlayn translyatsiya qilish orqali o‘tkaziladi. Onlayn translyatsiya test2026.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Barchangizga omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.