“TalabaExpo – 2026 | Qoraqalpog‘iston” – yoshlar uchun keng imkoniyatlar maydoni

Joriy yilning 28-iyul kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida keng ko‘lamli “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmaning maqsadi – bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning kasb yo‘nalishlarini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadbir doirasida yoshlar uchun:
➖Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va real ish beruvchilar bilan uchrashuv;
➖Amaliyot va stajirovka dasturlari haqida ma’lumotlar;
➖Startap loyihalarni taqdimot qilish imkoniyati;
➖“O‘zmilliybank” tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar tashkil etiladi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Yurtimiz yoshlarini “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!
NukusDPI matbuot xizmati.