Institut talabalari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi, 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 50 dan ortiq faol talabalari uchun Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda islom sivilizatsiyasining bebaho durdonalarini o‘zida mujassam etgan noyob ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.