Tarix bilan yuzma-yuz: talabalar uchun muzeyga sayohat tashkil etildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 50 nafardan ortiq talabalari Toshkent shahridagi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Ma’rifiy sayohat davomida talabalar muzeyning boy ekspozitsiyalari orqali Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan sivilizatsiyalar, milliy davlatchiligimizning rivojlanish bosqichlari, xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Tarixiy ashyolar, nodir eksponatlar va zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar tarixiy merosni asrash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho boyliklarni kelajak avlodlarga yetkazishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.


