NukusDPIda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan suhbat jadvali, baholash mezoni va imtihon savollari to‘plami tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazish jadvali, baholash mezoni va imtihon savollari to‘plami tasdiqlandi.
Suhbat o‘tkazish jadvali, baholash mezoni va imtihon savollari to‘plamini PDF formatda quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
NukusDPI texnikum suhbat o‘tkazish jadvali 2026-2027
NukusDPI texnikum suhbat baholash mezoni 2026-2027
NukusDPI texnikum suhbat imtihon savollari to‘plami 2026-2027
Eslatma: Abituriyent suhbatga o‘zi bilan birga fuqarolik pasporti (ID-karta), texnikumni tamomlaganligi to‘g‘risida hujjat va uning ilovasini olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi.
Suhbat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi «Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 17-son qarori asosida o‘tkaziladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
