NukusDPI kasaba uyushmasi qo‘mitasi tanlovda g‘olib deb topildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenov institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetovni tabriklab, diplom va sovg‘alarni topshirdi. Shuningdek, respublika bosqichida muvaffaqiyat tiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.