NukusDPIda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik avj pallasida

Yurtimizda Mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ham qutlug‘ sana munosib kutib olinmoqda. Ayni kunlarda institut hududida bayramona muhit yaratish, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini yanada obodonlashtirish hamda bezatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institutning tashqi hududi, fasadlari va kirish qismida Mustaqillik bayramining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi bezaklar, tungi yoritish chiroqlari va bayramona bannerlar o‘rnatilmoqda.
Mazkur ishlar yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va obodlik muhitini namoyon etish bilan birga, talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol qadriyatlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi institut hududida ham o‘ziga xos bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan namoyon bo‘lmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
