NukusDPI yoshlari “Ustoz AI elchilari” oromgohida qatnashib qaytdi

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Toshkent viloyatida “Ustoz AI elchilari” oromgohi tashkil etildi.
Ushbu oromgoh respublikamizning turli hududlaridan saralangan ko‘plab umidli yoshlarni bir joyga jamlab, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, yetakchilik salohiyatini oshirishga xizmat qildi.
Oromgohda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tarmoqlarni boshqarish bo‘limi muhandis-dasturchisi Zilola Allakova va Aniq fanlar fakultetining 3-kurs talabasi Gulay Qudaybergenova ham ishtirok etib, sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim, shaxsiy rivojlanish, jamoada ishlash va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida yangi bilimlarga ega bo‘lib qaytdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
