“Dolzarb 90 kun”: Talabalar raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
“3D modellashtirish” to‘garagi darsida Raqamli texnologiya, informatika va robototexnika kafedrasi mudiri J.Utepbergenov tomonidan “Blender (Tinkercad)” dasturi interfeysi” va “Sodda geometrik shakllarni yaratish»” mavzularida nazariy va amaliy darslar tashkil etildi.
Dars davomida talabalar “Blender” dasturi interfeysi, uch o‘lchamli modellar yaratish, obyektlarni tahrirlash, material va teksturalar bilan ishlash hamda 3D modellashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Bunday darslar yoshlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va kelgusida zamonaviy kasblarni egallashiga zamin yaratadi.
