Xivaga sayohat tashkil etildi

Mustaqillikning 35 yilligi hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar, texnik xodimlar va faol talaba-yoshlar uchun Xorazm viloyatining qadimiy Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Xivaning tarixiy obidalari, xususan, “Ichan qal’a” majmuasi bilan yaqindan tanishib, shahar tarixi va boy madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur sayohat ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirdi.
