Institutda Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda institut rektori v.b. Q.Qodirov, prorektorlar, fakultet dekanlari, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, institut hududini bayramona bezatish, tadbirlarni mazmunan boy va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, bayram tadbirlarida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yurtimizning istiqlol yillaridagi taraqqiyotini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. 

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 

NukusDPI matbuot xizmati.