NukusDPI professor-o‘qituvchilari xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi

O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur nufuzli seminar-treningda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari Gulnara Jumasheva hamda Arzayim Nauruzbaevalar ishtirok etdi.
Seminar davomida yangi o‘quv dasturlarida konstruktiv uyg‘unlikni ta’minlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM ta’limi, o‘yin asosidagi ta’lim, inklyuziv ta’lim hamda formativ baholash tizimi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
