NukusDPI talabasi Kumisay Qizilbayevaning jamoasi “IT Case” tanlovida faxrli o‘rinni egalladi

Poytaxtimiz Nukus shahrida “Startup Garage” va “Lumora” bilan hamkorlikda “IT Case” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tgan 11 ta jamoada 50 ga yaqin yosh startapchilar ishtirok etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar real biznes muammolari bilan ishlab, innovatsion yechimlar yaratish va o‘z salohiyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ahamiyatlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva boshchiligidagi “Vision X” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.