Notarius xizmatlaridan onlayn foydalaning!

Bugun raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Notarial xizmatlardan foydalanish ham yanada qulay va tezkor bo‘lib bormoqda.
e-notarius.uz – O‘zbekiston Respublikasining elektron notarius portali orqali:
– notarial harakatlarni onlayn rasmiylashtirish;
– notarius qabuliga oldindan yozilish;
– o‘zingizga eng yaqin notarial idorani xaritadan topish;
– ishonchnomalar holatini tekshirish;
– meros ishlari haqida ma’lumot olish;
– ko‘chmas mulk va transport vositalariga qo‘yilgan taqiqlarni tekshirish;
– notarial xizmatlar va ularni olish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Shuningdek, portalda avtomototransport va ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, hadya, nikoh shartnomasi, qarz shartnomasi, ishonchnoma hamda boshqa ko‘plab notarial xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilgan.
Vaqtingizni tejang, xizmatlardan foydalanishni qulaylashtiring!
Elektron notarius portali: e-notarius.uz