Kasaba uyushmasi ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun, 20-avgust kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining III yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida dastlab ishchi guruh a’zosi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Lazokat Turikova institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida institutda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilinib, bu boradagi samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng tegishli so‘rovnoma asosida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining olib borayotgan faoliyati o‘rganib chiqildi.
Ishchi guruh a’zosi Lazokat Turikova institutdagi Ajiniyoz muzeyida ham bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar, tarixiy portretlar, kitoblar, fotosuratlar va ma’lumotlar bilan tanishdi. Muzey daftariga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
