Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisining faoliyati o‘rganildi

Bugun, 25-avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilarining faoliyatini o‘rganish, ta’lim dargohidagi muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish maqsadida tuzilgan hududiy ishchi guruhi a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligi, amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va intellektual yo‘nalishdagi ishlar, yoshlar muammolari bilan ishlash tizimi, shuningdek, belgilangan vazifalar va ko‘rsatkichlarning bajarilishi kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kompleks tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ishchi guruh a’zolari institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan klub va to‘garaklar faoliyati samaradorligini ham ko‘zdan kechirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.