Yangi o‘quv yili oldidan tayyorgarlik ishlarining borishi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalarida Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda 2026-2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarining borishini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.

Vazirlik vakili T.Bayjanov institutda yangi o‘quv yili oldidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv va ma’ruza auditoriyalari, laboratoriyalar, tegishli fakultetlar, kafedralar, bo‘lim va markazlarning faoliyati, talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirdi.

Institutning tegishli mutasaddilari tomonidan yangi o‘quv yili oldidan qilinayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida yangi o‘quv yiliga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.