NukusDPIda ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlariga ko‘ra suhbat shaklida o‘tkazildi va unda 300 ga yaqin talaba ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Kirish imtihonlarining adolatli va shaffof o‘tishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun o‘tkazilgan imtihonlar natijalari institut veb-saytida e’lon qilinadi.

NukusDPI matbuot xizmati.