Bir guruh professor-o‘qituvchilar va rahbar xodimlar bayram munosabati bilan taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar va rahbar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ular:

Reymov Qarjaubay Dauletbayevich – Tabiiy fanlar fakulteti dekani;

Bekjanova Biybiraba Karimbayevna – Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri;

Allambergenov Hamza Kamalovich – O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti;

To‘rtkulbayeva Tursinay Abdigaziyevna – Qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;

Arziyeva Baxitgul Imametdinovna – Institutning katta yuriskonsulti;

Bekmanova Jamilya Abdullayevna – Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi mudiri.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ustozlarning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berish, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda ta’lim tizimini takomillashtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Institut jamoasi nomidan barcha taqdirlangan professor-o‘qituvchilar va rahbar xodimlarni samimiy tabriklaymiz! Ustozlarga kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan yutuqlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.