NukusDPIning faol va iqtidorli yoshlari Mustaqillik bayrami munosabati bilan taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh faol va iqtidorli magistrant hamda talaba-yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ular:

Yuldashova Lobarxon Mo‘minjan qizi – Biologiya mutaxassisligining 2-kurs magistranti;

Allakova Zilola Obodjon qizi – Matematika va informatika kechki ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi muhandis-dasturchisi;

Nurullayev Jasurbek Xayrulla o‘g‘li – Tarix ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Bu yuksak e’tibor yoshlarning o‘qishi, ilm-fan, sport, madaniyat, innovatsion texnologiyalar va jamoat ishlaridagi faolligi, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik bilan namuna bo‘layotganining munosib rag‘bati bo‘ldi.

Mukofotlangan yoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Ularning kelgusida ham yuksak marralarni egallab, yurtimizning gullab-yashnashi va xalqimiz farovonligiga katta hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini tilaymiz.

NukusDPI matbuot xizmati.