Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz talabalar va qadrli hamkasblar!

Barchangizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik – biz uchun, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovon kelajagini bunyod etish imkonini bergan buyuk ne’matdir.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining barcha jabhalarida, ayniqsa, ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.

Bizning institutimiz ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida zamonaviy bilim va ilg‘or yondashuvlar asosida bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va fidoyi yoshlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Hurmatli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!

Mustaqilligimiz – kechagi kunimiz faxri, bugungi kunimiz tayanchi va ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir. Uni asrash va yanada mustahkamlash barchamizning sharafli burchimizdir.

Yana bir bor barchangizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etaman!

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz musaffo, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Quvondiq Qodirov,

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.v.b.