Maktablarda yangi o‘quv yili “Bilimlar kuni” bilan boshlandi

Bugun, 2-sentyabr kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi 2026-2027-o‘quv yilining ochilishi – Bilimlar kuni munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov poytaxtimiz Nukus shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi mamlakatimiz kelajagi uchun muhimligini ta’kidladi.

Tadbir davomida birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, yangi o‘quv yili rasman boshlandi.

Bayram ko‘tarinki kayfiyatda, ezgu tilaklar va konsert dasturi bilan davom etdi.