NukusDPI akademik litseyida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, 2-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida yangi 2026-2027-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni akademik litsey direktori Q.Qalxorazov ochib berdi va ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami, boshlanayotgan yangi o‘quv yili – Bilimlar kuni bilan tabrikladi.
Shuningdek, tadbir davomida yurtimizga taniqli ustozlar, akademik litseyning o‘qituvchi-pedagoglari, ota-onalar so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijalari haqida so‘z yuritdi.
Yangi o‘quv yili akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soatlari” bilan boshlandi.
