Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2026-yil 14-iyuldagi 62-2-sonli bayoni bilan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili”, “Tarix”, “San’at ta’limi” sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” hamda “Musiqa ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 30 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratildi.

Shu munosabat bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida xorijlik vatandoshlar uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlariga talabgorlardan arizalar shu yilning 5-15 sentyabr kunlari oralig‘ida qabul qilinishini ma’lum qilamiz. 

“Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun davlat grantlari taqdim etish bo‘yicha muvaqqat tartib”ni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun davlat grantlari taqdim etish bo‘yicha muvaqqat tartib

NukusDPI matbuot xizmati.