NukusDPI talabasi Shahzoda Abillayeva “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Yashil tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan “Yashil kelajak” oromgohi doirasida “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Shahzoda Abillayeva “BioIldiz” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy oldi va 20 000 000 so‘m miqdorida grant sohibiga aylandi.

– Loyiha qizilmiya oʻsimligining tabiiy resurslarini muhofaza qilish bilan birga, shoʻrlangan hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni biologik yoʻl bilan tiklash va ekologik toza dorivor xomashyo yetishtirishni maqsad qilgan. Shuningdek, loyiha doirasida qizilmiya plantatsiyalarini barpo etish orqali yuqori iqtisodiy daromad olish hamda yoshlarni amaliy ekologik va ijtimoiy faoliyatga keng jalb qilish koʻzda tutilgan, – deydi Shahzoda Abillayeva.

Tanlov g‘oliblari sertifikat va vaucherlar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.